воскресенье, 25 августа 2013 г.

Biz ham futbol ko’ramiz
Futbol millionlar o’yini.  Bundan 3 yil oldin Jahon chempionatining  AQSH-Gana  uchrashuvini  uyda oynai jahon orqali tomosha qilayotgan  amerikalik bir fanat sevimli jamoasining mag’lubiyati chidolmay,  jahl ustida 3 oylik bolasini urib halok qilgan edi. Ha, fanatizmga qattiq berilib ketish yaxshi oqibatlarga olib kelmasligi bir necha bor isbotini topgan. Xo’sh, ayollarimiz erkaklarning futbol ko’rishiga qanday fikr bildirishar ekan? Bu borada “Bo’ston” sihatgohida dam olayotgan ayollar va KO faollarining fikrlari bilan qiziqdik.

 Shaxlo Karimova  (sihatgoh hodimi):
        Erkaklarning hamma narsani unutib qo’yib, futbol yoki biror o’yinning ichiga kirib ketishlariga qarshiman. Hammasi me’yorida bo’lishi kerak. Lekin ba’zan o’g’illarim bilan birga o’zim ham millionlar o’yinini ko’rib turaman.
 Farida Yo’ldosheva (Oshxona xodimi):
         Biz oilaviy futbol ishqibozimiz. O’g’lim “Liverpul”, turmush o’rtog’im “Tottenxem”ga, o’zim esa “Arsenal”ga muxlislik qilaman. Lekin men ba’zida konsert ko’rmoqchi bo’lsam, ular bilan tortishib qolamiz.  Axir, erkaklar futbol turganda konsert ko’risharmidi?
 Muqaddas Taylanova (KO faoli):
         Menga futbol yoqmaydi. Akam yoki ukam futbol ko’rayotgan bo’lsa boshqa kanalga olaman. Boisi, ba’zida dars qilayotganimda baqir-chaqir qilib, menga halaqit berishadi.
 Mohiya Zaynutdinova (dam oluvchi):
        Xonadonimizda ham, qo’shnilarimizda ham yarim tungacha futbol ko’rib chiqiladi. Bunga ko’nikib ketganman. Soat 2-3 larda futbol bo’ladigan bo’lsa, kofe, choylarini damlab, uxlab qolmay deb navbatchilikda turishadi. Navbatchi  odam futbol boshlansa butun oilamiz a’zolarini uyg’otib, ertalabgacha futbol ko’rib chiqishadi. Lekin xudoga shukrki, uyimizda tosh oynalar sinmaydi.
 Gulruh Abduhalimova (Internet PR faoli): 
        Meni futbolga bo’lgan munosabatim ijobiy. Uyimizda dadam, akam, ukalarimga qo’shilib onam, ba’zida esa o’zim ham qo’shilib futbol ko’rib turaman.  Ba’zi erkaklarning futbol ko’rmasligiga hayron qolaman. Qanday qilib futbol ko’rmaslik mumkin? Shunaqa yigitlar borki, futbolning o’rniga serialmi yoki kino ko’rishadi. Rosti bunday bollarni tushunmayman. O’ylaymanki, erkak kishi baribir futbol ko’rishi kerak.

 Umida Qodirova (KO faoli): - Dadam futbol ko’rayotganlarida men ularga hamrohlik qilishim mumkin.  Futbol ko’ruvchilarga qarshiligim yo’q.
 Abdurashidbek_saidov intervyusi



Salom biz sevgan semenar treninglar!


Bugun Bo`ston sihatgoxida joylashgan Media oromgohida ilk semenar treninglar boshlandi. Tabiat qo`ynida  bo`lib o`tgan ilk smenar treningni Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy Universiteti o`qituvchisi  Sherzod Qudratxo`jayev   va  O`zbekiston Davlat Jahon Tillari Universiteti  o`qituvchisi Beruniy Alimov o`tdilar. Trening haqida ishtirokchilarimiz fikrlari: 

Samandar Boborajabov,  Kelajak ovozi YoTM faoli
-          Media camp da  birinchi bor ishtirok etayapman. To’g’risini aytsam, bu yerdagi tassurotlarim o’zgacha. Ya’ni kutganimdan-da a’lo. Bugungi treningda o’zim uchun ko’p yangilikllar oldim. Masalan, Jahon miqiyosida faoliyat yuritgan Beruniy Alimovdan internet elchixonalari haqida ma’lumotga ega bo’ldim. Umid qilamanki, oromgoh faoliyati davomida yanada ko’proq bilimlarni o’rganaman. Chunki, bu yerda respublikamizning yetuk jurnalistlari semenar-treninglar olib borishadi.

Abdurashidbek saoidov,   Kelajak Ovozi YoTM volontyori

_  Men bu oromgohda birinchi  bor ishtirok etayotganim sababli kun  tartibidan o`rin olgan barcha o`quv mashg`ulotlari menda katta qiziqish uyg`otmoqda.  Ayniqsa, bugungi trening menda juda katta  taassurot qoldirdi.  Xalqaro jurnalistikaga qiziqganligim bois  O`z.D.J.T.U o`qituvchisi, xalqaro professional jurnalist Beruniy Alimovning tashrifi  men uchun kutilmagan surpris  bo`ldi. B.Alimovdan qimmatli va muhim ma`lumotlar olishga muvaffaq bo`ldim.


Salom media camp!
Yoz faslining jazirama kunlarida respublikamizning “Bo`ston” dam olish maskanida “Media camp 2013” o`z faoliyatini boshladi. O`zbekistonning barcha hududlaridan Kelajak Ovozi yoshlar tashabbuslari markazining quvnoq,zukko 180 nafar faollari media oromgohiga tashrif buyurishdi.Bizning quvnoq faollarimiz “bosma hamda internet jurnalistika”,”internet PR” va “event menejment” yo`nalishlarida o`qib,o`zlarining bilim salohiyatlarini oshiradilar. Respublikamizning  barcha hududlaridan tashrif buyurgan “Media camp” ishtirokchilari 20-avgust kuni 15:00 da “yoshlar ijod saroyi”da yig`ilishdi. So`ngra barcha faollar avtobuslarga chiqib,”qaydasan bo`ston” deya xush kayfiyat bilan yo`lga otlandilar.


Salom Media Camp deya barcha ishtirokchilarimiz o`zlariga berilgan  xonalarga joylashdilar. Ayni shu kundan e`tiboran, barcha yo`nalishlar bo`yicha o`quv  mashg`ulotlarni boshlab yubordilar.

“Men Media Camp ga ilk bor kelishim oromgohimizda sharoitlar zo`r! Yangi do`stlar ortirmoqdaman. O`quv treninglarda  men  bosma jurnalistikada faoliyat yuritishimga yordam beradigan ma`lumotlarga ega bo`lmoqdaman” dedi oromgoh ishtirokchisi Lutfillo Aminov