вторник, 27 августа 2013 г.


KO News
4-son (2013-yil, 26-avgust)
2
KOmedia
24-avgust kuni media oromgohiga rossiyalik jurnalist, prodyuser, blogger, Rossiya Federatsiyasining jamoat palatasi a`zosi bo`lgan. Anton Korobkov Zemlyanskiy tashrif buyurdi. Korobkov Internet PR yo`nalishi faolllari bo`lmish yosh bloggerlar uchun qis-qacha seminar trening o`tdi. Trening haqida yosh bloggerimiz Shavkat Anvarov shunday deydi:
- Trening davomida biz bloglarni qanday yuritish, qanday qilib audito-riyani jalb etish, reklama orqali daro-mad topish to`g`risida ma`lumotlarga ega bo`ldik.
Husan Muqimovning seminar tre-ningi juda qiziq tarzda davom etdi. Malakali treningimiz ―KO kuzatuv- chi-lari‖ yo`nalishi faollariga maxsus vazifa topshirdilar. ―Bugun trenerimiz bizga vazifa qilib ,Style.uz 2012 san`at haftaligiga kelgan mehmonlar hayotini o‘rganish topshirildi. Bunda qaysi tilni bilishimiz hisobga olindi. Yana bir bizga har bi-rimiz fantaziyamizdan kelib chiqqan holda tashrif qog`ozi tayyorlashimiz zarur‖, - deydi ―KO kuzatuvchilari‖ faoli Sherzod Sultanov.
O`zbekiston davlat jahon tillari universiteti xalqaro jurnalistika fakulteti ―Audiovizual jurnalistika va ommaviy kommunikatsiya kafedrasi‖ mudiri, taniqli jurnalist, yozuvchi Xurshid Do`stmuhammad ―Bosma jurnalistika‖ yo`nalishi faollariga seminar trening o`tkazdi.
Kamoljon Nurbekov, ―Bosma jurnalistika‖ :
―Bugun biz junalistika, uning qanchalik qiyin kasb ekanligi va mashaqqatli yo‘ldan iboratligini yanada ko‘proq tasavvur qildik.. Bugungi uchrashuvdan keyin meni jurnalist va jurnalistika to‘g‘risidagi fikrlarim anchagina o‘zgardi. Shuningdek ―Shuncha narsani o‘qib, hech nimani bilmasligimni bildim‖
Yoqutxon KALONXONOVA
Media-oromgohda qizg’in
o’quv jarayonlari davom etmoqda…
Korobkovdan seminar trening!
Gidlar uchun yangi
“diplomatik missiya”!
Professional bilan ilhombaxsh uchrashuv!
O‘rganishning eng samarali usuli amaliyotdir. Bu ko‘pchilik tan oladigan va ko‘p misollar bilan dallillash mumkin bo‘lgan haqiqat. ―Kelajak ovozi‖ yoshlar tashabbuslari markazining yoshlar uchun yaratayotgan eng kata imkoniyati ham shu. Yoshlar o‘zlari egallagan bilim va ko‘nikmalarini amalda qo‘llashida markazning ko‘plab loyihalari yordamga keladi. Ular orasida o‘quv oromgohlari, xususan, media-oromgoh ham bor. Bosma OAV, internet saytlari va ijtimoiy tarmoqlarda maqolalar yozish bo-rasida o‘z mahoratlarini oshirish uchun bu yerda iqtidorli jurnalistlar yig‘ilgan. Ular ―Bo‘ston‖ sanatori-yasidagi sermazmun kunlarini nafaqat ―KOmedia‖ gazetasida, ―twitter‖da va bloglarda ijod namunalarini e‘lon qilish, balki juda ko‘p foydali mashg‘ulotlar bilan o‘tkazyaptilar. Bunda o‘quv oromgohiga jalb qi-lingan mutaxassislar va trenerlar, YoTM fidoiylarning xizmatlari katta. Barchamizga ma‘lumki, fuqarolik pozitsiyasi va ijtimoiy ma‘sullik barchamiz uchun juda muhim. Bular ayniqsa bizning turli ijtimoiy va siyosiy voqealardagi ishtirokimizda o‘z aksini topadi. Shunday voqea media oromgohimizda bo‘lib o‘tmoqda. Albatta, bu saylov!
―Kelajak ovozi‖ bir oila va bir jamoadir. Saylov jarayonlarini tashkillashtirish uchun yosh jurnal-istlar media oromgohida ―KO‖ bir mamlakat darajasiga ko‘tarildi. Unga rahbar — Bosh kotib saylash 25-26 avgust kunlari ―KO xalqi‖ oldidagi fuqarolik vazifasiga aylandi.
Shahboz Shamsiddinov, media-oromgoh ishtirokchisi:
- Sanatoriya binosining doim yuqori qavatga ko‘tariladigan zinapoyasida ko‘zim bir e‘longa tushdi. Unda qandaydir ―general kotib‖ uchun saylov bo‘lishi va nomzodlar ro‘yxati keltirilgan edi. Keyin press-konferensiya bo‘lib o‘tdi. Saylovda oldin qatnashmaganman. Bu juda hayajonli… Saylovda kim g‘olib chi-qishida mening ham o‘rnim bo‘ladi. Unda adolat bo‘lishi uchun o‘zimizning jamoadan bo‘lgan nomzodga ovoz bera olmas ekan-man. Shuning uchun eng munosib deb hisoblagan faolga ovoz beraman.
Favqulodda tashkil etilgan ―Markaziy saylov kommisiyasi‖ga raislik qilayotgan malakali trener—Beruniy Alimov va kommisiyaning boshqa mutaxassislarining fikricha 26-avgust kuni ertalab bo‘lib o‘tgan tadbir — nomzodlarning o‘z dasturlari taqdimoti va o‘ziga xos ―daxanaki janglar‖ (Ularni yetar-licha ―shartli‖ ravishda debatlar deb atashadi) ―kokteyli‖ ularda yaxshi taassurotlar qoldirdi. Albatta, say-lov komissiyasi a‘zolari sifatida emas, balki bu sohada tajribaga ega ustozlar sifatida. Ulardan biri Akbar Ergashev oromgohda yig‘ilganlardan har biri bosh kotiblikka nomzod bo‘la olishi haqida ta‘kidladi. ―Keljaak ovozi‖ YoTM koordinatori Husan Mukimov nomzodlardan bundan qizg‘inroq va kuchliroq bahslarni kutganini aytib o‘tdi.
Mohinur Salohova, media-oromgoh ishtirokchisi:
- Bunday ajoyib ―role-play‖ni tashkil etganlar tahsinga loyiq. Ayniqsa, komissiya rahbari Beruniy Alimov o‘zlarining ko‘p yillik tajribalari asosida bizga saylov etikasi va qonun-qoidalarini o‘rgatmoqdalar. Bu tadbir orqali kelajakda deputatlar yoki prezidentlik saylovlari jarayonida hech qiyn-almasdan, o‘zimizga buni begona deb bilmasdan oromgohda o‘rganayotgan-larimizga tayanib ishlay olishim meni quvontiradi. Shunday insonlar bilan suhbatlashish, ulardan bilim olish baxtiga sazovor bo‘lganimdan ham shod-man.
Saylov natijalarini hamma kutyapti. Lekin meni bir narsa quvontiradi. Kim g‘olib chiqmasin, u mening, bizning oila a‘zomiz.
Saidaziz A’ZAMOV
Qoyilmaqom eksperiment!
4-son (2013-yil, 26-avgust)
Muharrir minbari
3
KOmedia
„OPTIMISTIK YURAK VA REALISTIK NIGOH“ SOHIBI
“Kelajak ovozi” YoTM faoliyati davomida ko’plab iqtidorli yoshlarni kashf etib keladi, ularga “muvaffaqiyat narvoni”dan yanada shiddatliroq ko’tarilishga yordam beradi. Media-oromgohga birinchi bor kelgan Shohruxmirzo Rahimov ham ana shunday yoshlardan.
Inson — sirli mavjudot. Onasini qornida 10 oylik bo‘lib dunyoga kelgan bola haqida hali hech kim eshitmagan bo‘lsa kerak. Enshteyndek daho kashfiyotchi bu bosqichni 13 oy boshidan kechirgan edi. Odamzot bu dunyoga kelar ekan, orzulari ortidan ergashib ne-ne qiyinchilik va mashaqqatlarni boshidan kechirmaydi, deysiz. Bizning zamonda qiyinchiliklarga bardoshli, irodali shaxslarni oramizdan topish qiyin bo‘lib qolgan. O‘z ustida tinimsiz mehnat qiladigan qahramonimiz o‘zining ta‘biricha, realistik nigoh, optimis-tik yurak sohibi. Shohruxmirzo 1992 yil Andijonda tug‘ilgan, maktabda xorijiy tillar, adabiyot, tarix, iqtisod fanlariga bo‘lgan qiziqishi tufayli Toshkent Singapur menejmentni rivojlantirish institutiga o‘qishga kirishga qaror qildi. Boshida ozgina qo‘rqdi, ammo bilimiga ishonib o‘zida kuch topdi. Davlat granti asosida talabalik baxtiga erishdi. „O‗sha kun onamning ko‘zidan oqqan quvonch yoshlarini hech ham unuta olmayman,―-deydi qahramonimiz. Yoshgina yigitcha poytaxtga kelib bu yerda o‘z yo‗lini tanlagan kasbida o‘z o‘rnini topa olarmikinman, deb hayiqqan bo‘lsada, baribir faqat oldinga intildi.
―KO― yoshlar tashabbuslari markazi tomonidan uning mnemonika inte-lektual qobiliyatni kuchaytirishga oid loyihasi hozir ko‘rib chiqilish arafasi-da turibdi. Shoxruh ingliz, rus, fransuz tillarida erkin muloqot qila oladi. Miyaning fikrlash va ma‘lumotlarni xotirada saqlab qolishga oid ilmiy-ommabop maqolalari markaziy va xususiy nashrlarida chop etilgan. Respub-lika debat chempionati g‘olibi. Mnemonika.uz veb-sayti muallifi. Nomzod-dan kuchli xotirani siri nimada degan savolimizga miyaning ishlash tamoyillarini tog‘ri yo‘naltirish kerak. Eslab qolish qiyin bo‘lgan atama va terminlarni assotsiatsiya qilish orqali xotirangizni mustah-kamlashingiz mumkin, deb maslahat berdi. Qizig‘i shundaki, u 1 minutda 1000 ta so‗zni o‗qiy oladi, xuddi Amerika prezidenti John Kennediga o‗xshab. Yarim soatlik nutqni, 5 minutda 200 ta raqamni eslab qolishdek o‘ziga xos yashirin qobiliyati bor. IQ ga ishonmaydi. Chunki IQ insonning bor qobiliyat-ni ilg‘ay olmaydi, deb hisoblaydi. Ko‘proq ilmiy-ommabop nashrlarni mutolaa qiladi. Dunyoqarashi keng, fikrlari tiniq, kelajakdan umidlari katta. Falsafa va psixologiya fanlarida o‘zini erudit deb biladi. O‘ziga ishonchi baland-ku, ammo biroz tortinchoqroq. Butun jahon xotira chempionatlarida har yili qatnashadi va O‘zbekiston sharafini munosib himoya qilib nufuzli o‘rinlarni olib qaytadi. Shvetsiya, Turkiya, Xitoy, Janubiy Koreya kabi davlatlarda iqtisod sohasi bo‘yicha kurslarda ta‘lim olgan. „Mashhur ruhshunos Toni Buzoning „Use your head“ degan asarini o’qib xotira san’atiga qiziqib qol-ganman. Mnemonika bu miyani mexanik tarzda sun‘iy yo‘l bilan organizmning aqliy funksiyalarini kuchaytirishdir. Xotirasi kuchli insonni qulatib bo‘lmas ulkan tog‘ga qiyoslash mumkin. Xotira bu inson tafakkuri, ongi, dunyoqarashining aksi. Mnemonika mashqlari, avvalo, xotirani rivojlantirish va bu orqali o‘z aqliy qobiliyatni yaxshilashga, o‘qishda, kundalik hayotda faol bo‘lishga yordam beradi. Til o‘rganayotgan kezlarim so‘zlarni yodlab qolishda biroz qiynalardim. O‘shandan boshlab mnemonika bilan shug‘ullanishni boshlaganman. Ta‘siri tezda sezilgan. Inson ruhiyati murakkab. Har qanday kasb egasi psix-ologiyani yaxshi bilishi kerak. Bu har qadamda, ayniqsa, insonlar bilan muomalada bo‘lganda va ish jarayonida asqotishi aniq,‖ -deydi qahramonimiz. U Kelajak lingvoda ―Brain-club‖ nomli to‘garak tashkil etib, o‘quvchilariga muntazam ravishda bir-biridan qiziqarli treninglari bilan ko‘pchilikni lol qoldirgan.
Mirjalol Mirsabitov, “Brain club” a’zosi:
Shoxruhning treningida birinchi marta qatnashiboq, unga havasim ortgan. Uning xotirani mus-tahkamlash, ayniqsa, turli tillarni assotsialar yordamida birvarakayiga o‘rganish usullaridan ancha ilhomlanganman.
Shoxruh aqliy qobiliyati yuqori kishilarga havas qiladi va ularga o‘xshashga intiladi. Amerikalik investor multimillioner Varren Baffetning ashaddiy muxlisi. Insonning yaxshi yomon hislatlariga qarab emas, qilgan ishlari, insoniyligiga qarab muomala qiladi. Hazilkashlikka moyil, o‘ta kamtar qahramonimiz Gandi g‘oyalariga shu qadar sodiqligidan hatto, dushmaniga ham yaxshilik qilishga harakat qiladi. Bu uning insoniy hislati. Aynan shu hislati tufayli ba‘zida pand yeydi, ba‘zida esa maqtov. Hayotida har doim yaqin-lariga yordam qo‘lini cho‘zishga tayyor, qo‘li ochiq, qalbi toza inson eng og‘ir kunlarida ham ortga chekinmaydi.
U haqida do‘stlari aytgan qiziq fakt. U bir kunda ―atigi‖ 7 soat uxlaydi xolos. Ammo bu uyquchilik alomati emas. Maqolalarini ba‘zida shevada yozadi. Shundan ham jurnalistikaga ―yangi‖ kirgani sezilib turadi. Biroq yozishga qobiliyati va mahorati yetarli. Juda ko‘p davlatlarda bo‘lgan-u ammo, hali AQShni zabt etganicha yo‘q. Kelajakda u Everest va undan yuqori ilm cho‘qqilarni-da zabt etishiga ishonchimiz komil.
Odina QULMURODOVA
“KO media” gazetasi muxbiri
4-son (2013-yil, 26-avgust)
KO kashfiyoti
4
KOmedia
Quloqqa notanish ismlar.
FARZANDga ism qo‘yish ota-onalar uchun eng mas‘uliyatli ishlar-dan biri. Ammo hamma ham bunga u darajada mas‘uliyat bilan yon-dashmaydi. Kimdir farzandiga eng antiqa ismni qo‘ygisi kelib qoladi, far-zandi unga qaysidir voqealarni eslatib turishini istab ism qo‘yadiganlar ham bor. Mashhur rassom Pablo Pikassoni tanimagan, hech bo‘lmaganda uning ismini eshitmagan kishining o‘zi bo‘lmasa kerak. Ammo uning to‘liq ismi haqida deyarli kamdan-kam odam biladi. Pablo Dyego Xose Fransisko de Paula Xuan Nepomukeno Krispin Krispiano de la Santisima Trinidad Ruiz i Pikasso - mana rassomning 93 harfdan iborat ismi. Lekin ispaniyaliklar uchun bu oddiy hol hisoblanadi. Chunki ispanlarda jimjimador ismlar talaygina. Ga-vayi orollaridan biridagi maktabga ajoyib bir qizaloq keldi. Ammo qizaloqning ismini sinf jurnaliga to‘liq yozishning sira iloji bo‘lmadi. Chunki qizning ismi 102 harfdan tashkil topgandi. Mana u: Napu-Amo-Xaa-Ona-Ona-Aneka-Vexi-Vexi-Ona-Xivea-Nena-Vava-Kexo-Onka-Kaxe- Xea-Leke-Yea-Ona-Ney-Nana-Nia-Keko-Oa-Oga-Van-Ika-Vanao. Ushbu ism o‘zbekchada quyidagicha jaranglaydi: «Vodiy va tog‘larning gullari Gavayini o‘z ifori bilan to‘yintiradi». Mana sizga ism!
Ismingiz o’zingizga yoqadimi? Uning ma’nosini bilasizmi?
Xurliman Nurjanova, “Bosma jurnalistika” faoli:
- Ha, juda yoqadi, ismim bilan faxrlanaman. ―Jannatning hur guli‖ degan ma‘noni bildiradi, ota-onam ismimni Qoraqalpoq shoiri Berdaqning qizi Xurlimandek jonkuyar, mehribon, mas‘uliyatli hamda iqtidorli bo‘lsin deb havas bilan qo‘yishgan. Ismimni kimgadir birinchi marta aytsam qay-tadan aytishimni so‘rashadi, keyin ma‘nosiga qiziqishadi. Ko‘pchilik ismimni aytishga qiynalib Miss Li deyishadi. Ba‘zilar ismimni aytsam Xurlimanmi yoki Xur Limonmi, ya‘ni meva deb hayratlanishadi. Bu meni jahlimni chiqaradi. Lekin baribir ismimni yaxshi ko‘raman va nomimga loyiq bo‘lishga harakat qilaman.
Saidaziz A’zamov, “Bosma jurnalistika” faoli:
- Ha, ismim o‘zimga yoqadi. Ma‘nosi ―ulug‘lar ichida aziz‖ degani. Aslida ko‘p sifatlarim bilan maqtanolmayman, lekin ismim bilan faxrlanaman. Chunki ismim chiroyli, ma‘noli va noyob (kuladi). Ba‘zi-ba‘zida o‘zimdagi ismni boshqa odamda eshitganimda hayratlanaman, sababi bunday voqea kamdan-kam bo‘ladi. Mabodo adashlarimni uchratib qolsam, ular bilan do‘st tutinib olaman. ―Odnoklassniki‖ ijtimoiy tarmog‘ida to‘rtta adashim bor.
Salomat ISHCHANOVA
Oramizdagi gap
4-son (2013-yil, 26-avgust)
Antiqa, kamyob ismlar faqat chet elda deb o’ylashdan yiroqdamiz. Axir bizda ham katta bo’lmasada ajoyib ismlarimiz juda ko’p. Misol tariqasida Abuyazid, Abdunur, Suvrat, Oyniyoz, Shojalil, Mardonkeldi kabi turli xil ismlarimizni misol qilishimiz mumkin. Ularni sanasak oxiri yo’qdek go’yo. Oromgohimizda ham bebaho ismli ishtirokchilarimiz kam emas ekan. Masalan, Yoqutxon, Mahina, Moxistara, Isfandiyor, Xurliman, Abu-Temur, Fayoz, Saidaziz, Burxon, Abdulahadxon kabi ismlarni keltirishimiz mumkin.
5
KOmedia
Media-oromgohning deyarli har bir daqiqasini fotoasarlar bilan tarixga muxrlash va-zifasini ado etayotgan fotograflar – bugungi “Profi”ning qahramonlari.
Diqqat! Bir, ikki, uch…
―Kelajak ovozi‖ Media-oromgohida ―Bosma jurnalistika‖, ―Internet jurnalistikasi‖, ―Internet PR‖, ―IT-school‖, ―KO kuzatuvchilari‖ yo`nalishlari faollari ishtirok etishmoqda. Ular qatorida ilk kunlardan boshlab oromgoh hayotini yoritishda faol ishtirok etayotgan zah-matkash fotojurnalistlar ham mavjud. Bu galgi sonimizda Media oromgohida bo`layotgan barcha voqea-hodisalarni fotolavhaga muhrlab, tinmay izlanayotgan suratkashlar haqida to`xtalmoqchimiz. Ularga quyidagi savollar bilan yuzlandik.
Rustam Shorahimov, “Kelajak ovozi” YoTMda fotojurnalist bo`lib faoliyat olib boradi. “Kelajak ovozi”ning fotoko`rgazmalarida o`zining ijod namunalari bilan muntazam ishtirok etib kelmoqda.
-Sizga muvaffaqiyat keltirgan ilk suratni eslay olasizmi?
-Ha albatta, o`shanda ikki sevishganni tabiat qo`ynida uchratib, ularni suratga olganman. Suratimda yigit-qiz, gul va uzuk aks etgan. Bu surat uchun ustozimdan maqtov eshitganman. Ustozim juda qattiqqo`l bo`lgani uchun buni ilk muvaffaqiyatim desam yanglishmagan bo`laman . Chunki surat haqiqatdan ham chiroyli va ta`sirli chiqqan edi. Bundan juda zavqlanganman.
-Olayotgan suratingiz original chiqishi uchun asosan ni-malarga e`tibor berasiz?
-Suratkash asosan uchta omilga e`tibor qaratishi lozim:
Kompozitsiya –bu kadrning to`g`ri qo`yilishi, tanlanishi.
Ekspozitsiya – kadrga tushayotgan yorug`likni boshqara olish.
Ton – bu tuman, rangli effektlarni jilovlash.
Suratkash birinchi navbatda yuqorida keltirilgan qonun-qoidalarga amal qilishi kerak. Shundagina u olgan suratlar tabiiy, go`zal va sifatli chiqadi.
-Suratlarning inson hayotida tutgan o`rni va ahamiyatini qanday baholay-siz?
-Ko`pgina insonlar suratlarni shirin xotira sifatida juda qadrlaydilar. Ular bir necha yil oldin tushgan suratlarini qo`lga olishi bilan o`sha kuni yuz bergan barcha voqealar ko`z o`ngida gavdalana boshlaydi. Hayolan o`sha kunga qaytib qolgandek bo`lishadi. Bu inson uchun o`zgacha zavq, o`zgacha maroq bag`ishlaydi. Umuman olganda, inson biror-bir shedevr suratni ko`rganida estetik zavq oladi. Buning ta`sirida esa u kun bo`yi o`zini yaxshi his qilib, a`lo kayfiyat-
4-son (2013-yil, 26-avgust)
Rustam Shorahimov olgan surat.
Profi
6
KOmedia
-O`z sohangizda kimning ijodini yuqori baholaysiz va kuzatib borasiz?
-Bu borada bir necha mahoratli suratkashlardan tashkil topgan ―Image‖ studiyasi ijodini ta`kidlagan bo`lardim. ―Image studio‖ suratlarini katta qiziqish bilan kuzatib boraman. Qolaversa, professional su-ratkash Viktor Ageevdan o`rnak olishga harakat qilaman. Uning olgan suratlarini haqiqiy mahorat, san`at darajasida baholayman.
Sardor Anvarov, Kelajak ovozi” YoTMda fotojurnalist bo`lib faoliyat olib boradi. “Kelajak ovozi”ning fotoko`rgazmalarida o`zining ijod namunalari bilan muntazam ishtirok etib kelmoqda.
-Dastlab sizga ham shu savol bilan murojaat qilmoqchi edim. Sizga muvaffaqiyat keltirgan ilk suratni eslay olasizmi?
-Ha esladim (o`ylanib…), bunga ancha vaqt bo`lgan. U paytda oq-qora, rangsiz fotoapparatlar bo`lar edi. Men o`shanda tabiatni su-ratga olganman. Bir daraxt, atrofida ko`m-ko`k maysalar, uning ortida esa baland tog`lar bor edi. Judayam go`zal manzara… Ham-masi shundan boshlangan. Bu olgan suratimga iliq fikrlar bil-dirishgan.
-O`zbekistondagi professional suratkashlardan biri Abdug`ani Jumayev sizning ijodingizga tanqidiy munosabat bildirganida, siz bunga javoban nima degan bo`lardingiz?
-Avvalo bunday tajribali suratkash meni ijodimni kuzatib o`z fikrini bildirayotganidan juda mamnun bo`lardim. Nima uchun tanqid qilayotganini aniqlab, o`z kamchiliklarimni bartaraf e`tishga harakat qilardim va bu uchun unga katta rahmat derdim. Men ijodimga nisbatan nafaqat maqtov, balki tanqidiy baho eshitishni ham istay-man. Albatta u asosli bo`lsa. Chunki faqat maqtov eshitib yurish dangasalikka olib keladi. Tanqid esa o`z ustimda yanada kuchliroq ishlashimga da`vat etadi. Shu sababli olgan suratlarimga bildirilgan har qanday fikrni qadrlayman. Bu men uchun judayam muhim.
-Suratkashlikda o`zingizga aniq bir yo`nalish tanlaganmisiz? Ya’ni nimalarni ko`proq suratga olgingiz keladi?
-Yo`q, aniq bir yo`nalishga ixtisoslashmaganman. Buni xohlamayman ham. Universal suratkash bo`lishga intilaman. Nima menga yoqsa, nimadan ta`sirlansam, suratga olaveraman. Ko`proq tabiat, insonlar bilan bog`liq suratlar olishga qiziqaman. Kimdir men olgan suratlarni ko`rib ta`sirlansa, juda xursand bo`laman, zavqlanib ketaman.
Surat estetik ta`sir kuchiga ega. Ularsiz hayo-timiz zerikarli bo`lib qolishi mumkin. Suhbat-dan shu ma`lum bo`ldiki, oddiylikdan go‘zal san‘at asarlari yaratadigan ijodkorlar quyidagi naqlga amal qilishi kerak: ―Fotogenik bo‘lma-gan inson yo‘q, shunchaki tajribasiz suratkash bo‘lishi mumkin.―
Ravshan XALILOV
Profi
4-son (2013-yil, 26-avgust)
Sardor Anvarov olgan surat.
7
KOmedia
Bexruz Sadullayev 1990-yil Buxoroda tug’ilgan. Tibbiyot sohasi bo’yicha o’qigan. Surat olishga qiziqishi uni “Kelajak ovozi”ga kirib kelishiga sabab bo’lgan.
-Suratkashlik, sizningcha, kasbmi yoki hobbi?
-Boshida hobbi edi, hozir esa men uchun ma‘lum ma‘noda kasb bo‘lib qolgan. Endi kasb deganda pul topish yoki bola chaqani boqish emas,o‘zim qiziqqanim uchun shu kasbni tanlaganman. Lekin o‘zimning asl kasbim stomatolog.
-Rasmlar olishda ko’proq nimalarga e’tibor berish kerak?
-Birinchi o‘rinda sifatiga, aslida fotoaparatni qo‘limga ushlaganim-ga 1-yil bo‘ldi. Ikkinchi o‘rinda kadr chiroyli chiqishi uchun qiziq holatlarni rasmlarga olishga harakat qilish kerak.
-Mana sizlar kutilmagan holatdagi ya’ni prikol rasmlarni olasizlar, agarda sizlarni ham shunday holatda suratga olishsa qanday holatga tushgan bo’lardingiz?
-Rahmat, juda qiziq savol.Avvalo pichoqni o‘zinga ur, og‘rimasa keyin birovga degan naql bor. Men to‘g‘ri qabul qilgan bo‘lardim. Demak, bizni ham olishsa xafa bo‘lmayman.
-Fotograf bo’lish uchun qiziqishni o’zi yetarlimi?
-Avvalambor, har bir narsaga qiziqish kerak. Men 5 yildan beri stomatolog bo‘lib ishlayman. Stomatolog kasbimga ham qiziqishim baland. Agar qiziqishim bo‘lmaganda bu sohada o‘qimasdim. Har bir darslarni qiziqish bilan o‘rganganman.
Farrux Isamuhammedov 1990 yil 23– yanvarda tug’ilgan. Fotograflikka juda yoshligidan qiziqadi. “Kelajak ovozi” gazetasining fotomuxbiri hisoblanadi.
-Siz o’zingizning shaxsiy fotoko’rgazmangizni o’tkazganmisiz yoki ya-qin orada o’tkazish niyatingiz bormi?
-Shaxsiy fotoko‘rgazmamni hali o‘tkazishga imkon bo‘lmadi. Lekin va Fund Forum hamda ―Kelajak ovozi‖ YoTM fotoko‘rgazmalarida qatnashganman. Ko‘pgina diplomlar va sertifikatlar bilan taqdirlanganman. Kelajakda xudo xohlasa o‘tkazish niyatim bor.
-Bir fotograf ayol bo’lgan ekan. U bir rasmi uchun juda katta mukofatlarga sazovar bo’lgan ekan. U jarlikka tushib ketayotgan erkak kishini suratga olgan. Rasm haqida jurnalistlar so’rashgan: “Shu suratni qanaqa qilib olgansiz?” Shunda ayol: “ O’sha suratni olayotgan vaqt oldimda 2ta variant turardi, birinchisi suratga olish yoki ikkinchi vari-ant erimni qutqarish turardi. Men birinchi yo’lni tanladim. Shunda erimni qutqarib qola olmaganman”,- degan ekan. Shu holatni siz oqlaysizmi?
-Shu paytgacha u hamma narsa uchun eridan voz kechgan. Uni eri ekan menimcha qutqargani yaxshi edi. Manimcha oila hamma uchun muqaddas hisoblanadi. Men o‘sha ayolni o‘rnida bo‘lganimda bi-rinchi o‘rinda oilamni qutqargan bo‘lardim .
Jasurbek YAKUBOV
Profi
4-son (2013-yil, 26-avgust)
Farrux Isamuhammedov olgan surat.
8
KOmedia
KINO+FUTBOL
Futbol va san’at doimo bir-biriga bog’liq ekanligi hech kimga sir emas. Shu bois futbolchilar va sevimli kar-tinalarni yana bir bor o’zaro uyg’unlashtirishga harakat qilib, ozgina “ijod” qildik.
***Rossiyalik ijodkorlar "Ivan Grozniy o'z kasbini o'zgartiradi" filmini suratga olish ishlarini boshlab yuborishdi. Rejissyorlar bosh rol ijrosini birdaniga ikki nafar aktyorga ishonib topshirishdi, bular - Ivan Elge-ra va Ivan Samarano. Ivan Kampo esa film sound-trekini kuyladi.
*** Gollivudda ―Enagalar‖ filmining premyerasi bo’lib o’tdi. Filmda bosh rolni ijro etgan Arsen Venger ki-noixlosmandlarning olqishlariga sazovor bo’ldi.
*** Ispanlar ham ―To’ylar muborak‖ nomli film yarat-ishdi. Filmning bosh qahramonlari esa Ronaldu va Irina Sheyk bo’lishdi. Ko’ramiz mazkur film bizning ―To’ylar muborak‖imizga yeta olarmikan?
*** ―Alibobo va qirq qaroqchi‖ filmi suratga olindi. Ushbu filmda Alibobo Raxmatullaev qirq qaroqchi, shu jumladan ―sherlar‖ iskanjasidan qanday qutilgani haqida hikoya qiladi.
*** Inglizlar ―Mening qattiqqo’l enagam‖ nomli filmni suratga olishdi. Unda bosh rolni ijro etgan Ueyn Runi qattiqqo’l enagasi David Moyes bilan munosabatlari tas-virlangan.
*** Inglizlarning yana bir omadli kartinalaridan biri bu – ―Yondiradi, kuydiradi‖ filmidir. Filmda Mario Balotelli milanllllik muxlislarni shunaqangi yondirib, kuydiradi-ki asti qo’yaverasiz. Film saviyasiga gap bo’lishi mumkin emas.
*** Ispaniyada ―Sen yolg’iz emassan‖ filmi yaratildi. Kartina bosh qahramoni Krishtianu Ronaldu. Filmda KriRoning jamoadoshlari, uning Madridda yolg’iz emasligiga ishontirishga muvaffaq bo’lishadi.
*** O’zbektelefilm studiyasida ―Toshkent – non shahri‖ filmining yangicha talqini suratga olindi. Bosh qahramon rolini ijro etgan Rivaldo, filmda non izlab Toshkentga keladi. Mazkur filmda, mashhur aktyor Rivaldo katta gonarar evazi-ga suratga tushadi.
*** Multfilm ixlosmandlari – ―Andersenning ertaklari‖ning davomini tomosha qilishlari mumkin. Filmda braziliyalik An-derson ―Qizil iblislar‖ haqidagi bir-biridan qiziqarli ertaklarini hikoya qiladi.
*** Fransuz rejissyorlari ―Nasriddinning sarguzashtlari‖ deb nomlanuvchi film suratga olishdi. Film ijodkorlari orasida o’zbek rejissyorlari ham bor. Filmda bosh rolni ijro etgan Samir Nasri bir qator sarguzashtlarni boshidan o’tkazadi. Film Angliya, Fransiya va JAR davlatlarida suratga olinadi.
*** Bollivudda ―Mening ismim masxaraboz‖ filmining davomi suratga olindi. Kartinada bosh qahramon siymosini Viktor Valdes yaratdi. Uning Kataloniyadagi masxarabozlik san’atiga butun dunyo tan berdi. Aytgancha filmda Temur Jo’raev va Faben Bartez kabi aktyorlar ham ko’rinish berishgan.
*** Rejissyorlar ―Fantomas‖ filmini ham qaytadan suratga olishmoqchi. Ularning ta’kidlashlaricha bosh rol uchun asosiy nomzod Per Luidji Kollina ekan.
*** Gollandiyalik mashhur aktyor Robin van Persi ―Robin Gud‖ filmida bosh qahramon obrazini yaratdi. Robinga mazkur film ancha mashhurlik olib keldi.
*** Ingliz va braziliyalik kinoijodkorlar ham-korlikda ―Egizaklar‖ nomli filmni suratga olish ishlarini boshlab yuborishdi. Kinokar-tinada bosh rollarni mashhur egizak aktyor-lar Fabio va Rafaellar ijro etishmoqda.
*** Gollivuddan yangi yilga yangi sovg’a – ―Santa Klaus‖ filmi bo’ldi. Santa Klaus obrazini paragvaylik aktyor Santa Kruz mohirlik bilan ijro etdi va bir qator mukofotlar bilan taqdirlandi.
*** Meksikalik ijodkorlardan yangi film pre-myerasi – ―Haloskor‖. Bosh rol siymosini esa kutilganidek Chicharito gavdalantirdi.
***"Asteriks va Obeliks" filmining davomi suratga olindi. Unda Rayan Giggz va Pol Skoulzlar bosh rollarni ijro etishgan bo'lsa, Yuliy Sezar ro'lini tajribali aktyor Julio Sezar maromiga yetkazib o'ynadi.
Trendy
4-son (2013-yil, 26-avgust)
9
KOmedia
***Bollivudda "Sen yolg'iz emassan" filmining davomi "Krish" kinokartinasi suratga olindi. Ushbu filmda bosh rolni Gollivud shahzodasi Krishtianu Ronaldu ijro etdi. Film premyerasi kelasi haftada Lissabonda bo'lishi mo'ljallangan.
***Rossiyada "Piter FM" kinokartinasining premyerasi bo'lib o'tdi. Filmda bosh rolni Piter Krauch maromiga yet-kazib ijro etgan.
***Bollivudda "Masxaraboz'’ filmining zamonaviy talqini suratga olindi. Re-jissyorlar bosh rolni Ronaldinoga ishonib topshirishdi.
***Angliyada "Garri Potter-8" filmining namoyishi bo'lib o'tdi. Film qahramoni Garri Nevil "Oskar" mukofotiga nomzod sifatida ko'rilmoqda.
***Bolalarning sevimli multfilmi "Tarzan"ning kinotalqini muxlislar hukmiga havola qilindi. Ushbu kinokartinada bosh rol ijrosini Karles Puyol maromiga yetkazib o'ynashga muvaffaq bo'ldi.
***"Shrek" endi kinoda. Amerikalik kinorejissyorlar multfilmning kinotalqiniga qo'l urishmoqchi. Ushbu filmda bosh rol ijrosi uchun eng asosiy nomzod sifatida Ueyn Runi e'tirof etilmoqda.
***"O'nta negr bolasi" filmi kinoprakatda katta daromad oldi. Filmda bosh rolni ijro etgan Samuel E'to'O esa eng ko'p gonarar olgan aktyor maqomini oldi.
***Rossiyalik kinorejissyorlar o'tgan haftada yangi filmni suratga olish ishlarini tugatishdi. "Ishdagi ishq" filmida bosh rollarni taniqli aktyor va aktrisa Xerard Pike va Shakiralar ijro etishdi. Filmning qisqacha mazmuniga to'xtaladigan bo'lsak Shakira "Waka Waka" qo'shig'iga klip suratga olayotganida Pike bilan tanishib qoladi va ular ish jarayonida bir birlariga ko'ngil qo'yishadi. Kinokomediya katta ekranlarga yaqin orada chiqishi kutilmoqda.
***Mashhur kinoakatyor Jim Kerri o'zini rejissyorlikda sinab ko'rishga axd qildi. U "Niqob" nomli filmiga bosh rolga Piter Chexni taklif qildi.
***"Gnomlar mamlakatiga sayohat" nomli film o'tgan haftada Los Anjelesda katta ekranga chiqdi. Film qahramonlari Roberto Karlos, Maradona va Messi kino olamini hayratga solib bir filmda suratga tushishdi.
***Yaponiyalik rejissyorlar "Oshin" serialini Buyuk Britaniyada suratga olishdi. Unda bosh rolni Jon Oshi o'ynadi.
***Parijda "Robinzon Kruzo" filmining namoyishi bo'lib o'tdi. Filmda bosh rolni ijro etgan Pol Robinsonga Golliv-udning bir nechta filmlaridan takliflar bo'lmoqda.
***"Piter Pen" multfilmining ham kino loyihasi amalga oshirilmoqda. Film rejissyor-larining ta'kidlashlaricha bosh rolni Antonio Kassano ijro etgan.
***Ukrainada "Buratino" filmining suratga olish jarayonlari o'z nihoyasiga yetdi. Film qahramoni Maksim Shatskixning ta'kidlashicha mazkur film muxlislar mehrini qozonar ekan.
***Braziliya kanallarida "Messiga o'xshashi yo'q" filmi namoyish etilmoqda. Filmda bosh rolni Messi, ikkinchi darajali rolni esa Pele o'ynadi.
***Gollivudda "Gulliverning sayohatlari" nomli film suratga olindi va yaqinda Pragada premyerasi bo'lib o'tdi. Film premyerasida bosh qahramon Yan Koller ayrim sabablarga ko'ra qatnasha olmadi.
***Inglizlar "Pastga qarashga qo'rqaman" nomli filmni suratga olish jarayonini nihoyasiga yetkazishdi. Filmda bosh r'lni Piter Krauch a'lo darajada ijro etdi.
Yusupov Furqat
furqatyusupov.blogspot.com
Oh, qanday mazali-a?!
Media oromgoh har doim o‘zining jo‘shqin va qiziqarli hayoti bilan barchamizga manzur bo‘ladi. Oromgohda erta tongdan toki kun huk-mini tunga topshirgunga qadar faollar tinim bilmaydilar. Yana tong yorishadi… Odatda,kun avvali g‘aroyib yoga mashqlari, ajoyib nonushta bilan boshlanadi. Buning siri nimada ekani haqida o‘ylab ko‘rganmisiz? Ha aytish mumkin, kun davomida yaxshi kayfiyat hosil qilish, kun-ni yaxshi o‘tkazish uchun deb. Biroq, biz bu savolga yana ko‘plab boshqa sabablarni ko‘rsata olamiz. Sahifamizning bu sonida esa, ana shu-larning bir qismi bilan o‘rtoqlashmoqchimiz.
Bosma jurnalistikada allaqachon kuchli nonushtadan so‘ng, o‘quv mashg‘ulotlar boshlandi. Trener Beruniy Alimovning yana bir qiziqarli treningi bu gal, internet gazetalariga bag‘ishlandi. Media oromgoh qatnashchilari allaqachon, matbuot va internet gazetalari o‘rtasidagi tafovutlar, ustun va kamchiliklari haqida mulohazalarini bildira boshladilar. Savolimizga oydinlik kiritish maqsadida, shu payt biz kuzatuv ishlarini boshlab yubordik.
1.Har bir ishtirokchining yuz ko‘zida o‘ziga bo‘lgan kuchli ishonch;
2. Jamoa bilan ishlashda faol va topqir bo‘lishlarida;
3. Trening jarayonida miya faoliyatlarining har doimgidan ham kuchli ishlashi kabilar
Bu haqida ―Bosma jurnalistika‖ yo‘nalishi faoli Shahnoza Parpiyevadan so‘raganimizda: ―Albatta, yaxshi nonushta men uchun treningda hamdam bo‘ladi. Odatda, inson o‘zini tetik bo‘lishini istasa, ertalabki nonushtani kuchliroq qilishi kerak.Yaxshi natijalarni esa, interaktiv o‘yinlarda ko‘p bora isbotlayapman.‖ Shu fikrga asosan, kuzatuv jarayonlarimizda uning faol qatnashib, jamoasi bilan ijobiy ko‘rsat-kichlarga ega bo‘lganini ham aytib o‘tish kerak.
Yuqoridagilarga asoslanib, shunday deyish mumkin: ertalab qilingan nonushtani faqat o‘zingiz uchun, tushlikni do‘stimiz bilan baham ko‘rishimiz, kechki ovqatni esa dushmanimizga berishimiz kerak ekani yana bir bor o‘z tasdig‘ini topdi nazarimizda.
Mohinur SALOHOVA
10
KOmedia
Trendy
4-son (2013-yil, 26-avgust)
BIZNING “QARIYALAR”
Fond Forumning yoshlarga qaratilgan yirik loyihalaridan biri shubhasiz ―Kelajak ovozi‖ YoTM dir. 2006-yildan buyon faoli-yat olib borayotgan ushbu markaz shu paytgacha ko‘plab iqtidor egalarini kashf qildi, qanchadan-qancha tashabbuskor va shi-joatli yoshlarni o‘z bag‘rida jamladi, ular uchun ulkan imkoniyatlar eshigini ochdi, yashirin qobiliyatlarini namoyish etish uchun imkon yaratdi. Balki, shu sabab kundan kunga markaz faollari safi kengayib bormoqda. Bugun ana shu yoshlar ―Kelajak ovozi‖ YoTMni o‘z uylaridek ko‘rishadi, tengdoshlari bilan esa bir oila a‘zosidek qadrdonlar. Aslini olsak mana shu oilaning haqiqiy a‘zosi, haqiqiy farzandi bo‘lish chakana ish emas. Bugun ana shu ishni qoyillatib uddalagan markazimizning ―keksa avlod vakillari‖, hammaga tushunarli tilda aytadigan bo‘lsak ―starichok‖larimizga yuzlanmoqchimiz. Biz ularga quyidagi savol bilan murojaat qildik:
“Kelajak ovozi” oilasida uzoq yashash va o’z o’rniga ega bo’lishning siri nimada?
Isamuhammedov Farrux
1990-yil 23-yanvarda tug‘ilgan. Bir necha yildan buyon ―Kelajak –Press‖ matbuot loyihasi faoli, O‘zi-ning aytishicha ―Kelajak-Press‖ faoli bo‘lishiga qaramay, boshqa yo‘nalishlarga ―bosh suqib yuradi‖. ―Kelajak ovozi‖ YoTMni ushlab turuvchi kuch tashabbuskor yoshlar va ularning ahilligi deb biladi. Savolimizga esa ―gapga usta emasman deya‖ shunday javob berdi:
-Men bir necha yillardan beri shu oila a‘zosiman, har holda o‘zimni shunday his qilaman. Bu yerdagi muhit, qadrdon do‘stlarim va qaynoq hayot meni o‘ziga qattiq bog‘lab turadi. Bu yerda uzoq yashash siri bu yerdagi munosabat va faollikda deb hisoblayman.
Saloxo’jayeva Farangiz
1991-yil dekabr oyining 14-sanasida tavallud topgan. Dastlab ―Kelajak ovozi‖da faolligini TV hamda bosma jurnalistikada namoyon qilishdan boshlagan qahramonimiz, keyinchalik deyarli barcha yo‘nalishda o‘zini sinab ko‘rgan. Hatto ―Dilemma‖ yo‘nalishida o‘tkazilgan tanlovlarda ko‘plab muvaffaqiyatlarga ham erishgan. Bir so‘z bilan serqirra iqtidor egasi. Unga qo‘yib bersangiz savolimizga ertagacha javob berardi:
-2008-yildan buyon ―Kelajak ovozi‖ olamidaman. Bilasizmi bu olam meni o‘ziga ipsiz bog‘lab olgan va hech ham qo‘yib yubormaydigandek. Bu yerda men hatto o‘zim uchun noma‘lum bo‘lgan qirralarimni ham kashf qildim, yangi bilimlarga ega bo‘ldim, tajriba orttirdim, bir qancha yutuqlarga erishdim. Bu yerda uzoq yashash o‘z o‘rningga ega bo‘lishning siri esa mehnat va o‘z ustingda ishlash deb bilaman.
Dilafruz Qodirova
1993-yil 28-yanvarda Toshkent shahrida tug‘ilgan. ―Kelajak-lingvo‖ til markazi
faoli. O‘zbek rus , ingliz tillarida so‘zlasha oladi. Ko‘pchilik faollarga
tekkan ―kasallik‖ uni ham chetlab o‘tmagan, ya‘ni u ham hamma yo‘nalish faoliyatiga qiziqadi, xususan fotograflikka. Fond Forum tomonidan tashkil etiladigan turli tadbirlar yoshlarni yanada jipslashtirishga xizmat qiladi degan fikrda. Undan savolimizga shunday javob oldik:
-Menimcha har bir inson o‘zi qilayotgan ishini, kasbini sevishi kerak. Ana shundagina u haqiqiy baxtga erisha oladi. Men chinakamiga baxtliman, chunki o‘z sevgan mashg‘ulotlarim bilan shug‘ullanaman, sevgan insonlarim davrasidaman. Mening birdan-bir sirim men ―Kelajak ovozi‖ni juda yaxshi ko‘raman. Chunki u menga yetuk shaxs bo‘lib shakllanishimda yordam berdi.
Berdiyev Fayoz
1992-yil 29-yanvar kuni tavallud topgan. “Kelajak ovozi” YoTM ning “IT-school” yo’nalishi faoli. Uni savolga tutganimizda bizga qisqa va lo’nda javob qaytardi. Balki bu “IT-school”chilarga hos hususiyatdir, har holda u haqida vazmin, kamgap degan fikrga keldik. Yana uning boshqalardan farqli jihati tengdoshlari kabi har bitta yo’nalish “eshigidan mo’ralab ko’rmagan”. O’z yo’nalishiga sodiq. U bizning savolimizga esa quyidagicha javob berdi:
-Meni bu yerda bog‘lab turgan narsa, ―Kelajak ovozi‖da o‘z o‘rnimni topishim va bu yerda uzoq yashashimning yagona siri bu “IT-school”. Men o’zimni boshqa yo’nalishda tasavvur eta olmayman . Hammasining asosiy sababi ana shunda.
Ushbu qahramonlarimizni bog’lab turuvchi yagona jihat faqat ularning faolligi-yu va “Kelajak ovozi”da o’z yo’lini topa olgani emas, ular bilan suhbat davomida tasodifan shuning guvohi bo’ldik-ki, bu qahramonlarimizning hammasi qahraton qishda tug’ilgan. Yuragida esa yozning qaynoq taftidek otashin shijoat jo’sh urib turadi. Ana shu shijoat ularni tark etmasligini
tilaymiz va so’zimiz nihoyasida ham hayotda, ham “Kelajak ovozi” oilasida umringiz uzoq bo’lsin deymiz.
Nodira ODILOVA
KOlumni
4-son (2013-yil, 26-avgust)
11
KOmedia
Тест пальчики ног и характер
Характер человека можно определить не только по тому, как он одет или по методу наложения косметики. О человеке и его характере многое говорит форма пальцев его ног. Это тест поможет разобраться и узнать многое о знакомом человеке, чью форму пальца ног ты заметил(а). Этот тест предназначен как для девушек так и для парней.
1.Закругленные кончики пальцев
Это самая распространѐнная форма пальцев ног. Такие люди чаще всего дипломатичны и всегда идут в обход. Они умеют и знают, как сглаживать острые углы. Часто они стараются избегать конфликтов, поскольку боятся их. Именно поэтому они лучше вытерпят обвинения и обиды чем скажут кому-то нет. Такие люди придерживаются общепринятых правила и не идут против общества. Авантюристов среди них вряд ли найдѐтся.
2.«Угловатые» кончики пальцев
Это вторая форма пальцев ног по распространению. Люди с данной формой
очень энергичны. Они живут именно так, как им захочется. Они порывисты и непосредственны. Они практически никогда не прислушиваются чужих мнений. «Я — не стодолларовая банкнота, чтобы всем нравится»,- примерно вот так они говорят о себе. Многие из них честолюбивы и уверены в том, что для роста по карьерной лестницы любая монета дорога и любые методы.
3.«Заостренные» кончики пальцев
Люди, обладающие такой формой ног, очень дотошны и въедливы, будь то большой палец или мизинец. Они очень нетерпеливы, но это им не мешает в пути к достижению желаемой цели. Такие люди могут работать годами над чем-то, а результат их действий будет очень непредсказуем.
4.«Вогнутые» пальцы
Данная форма пальцев встречается довольно таки редко. Это говорит о том, что они способны аккумулировать внутреннюю энергию очень долго, даже бесконечно. Он всегда берѐт то что может, но не умеет отдавать. Если у такова пальца имеются угловатые кончики, то это говорит о том что их обладатель неуправляем и имеет очень взрывной характер. Так же это говорит и о том что данный человек иногда просто не знает на какой путь ему вступать.
5.Пальцы «бочоночком»
У обладателей таких пальцев есть большой потенциал, и они всегда будут идти до последнего, пока не достигнут желаемой цели. Для этого им придѐтся отказаться от бесконечных пустых разговоров и наконец, приступить к делу.
6.Пальцы, расширяющиеся кверху
Такую форму часто имеют первые три по величине пальцы ног, или же первый со вторым, иногда первый с третьим. У них есть лозунг: «Тише едешь — дальше будешь». Именно так они добиваются своих целей. Он не боится новых дел и его не пугает даже то, что он изначально не знает с чем это связанно и что это такое. Если такую форму имеет второй палец ног девушки, то она живѐт одними эмоциями буквально. Если третий палец обладает такой формой, то она как никто креативна. Мужчины со вторым пальцем такой формы могут оказаться и эгоистами, ну а третий палец такой формы говорит о возможной врождѐнной агрессии.
Гулхаѐ РАХИМОВ
12
KOmedia
Это итересно
4-son (2013-yil, 26-avgust)
Bugungi suhbatdoshimiz o`z sohas-ining fidoyisi, haqiqatparvar, tirik afsona–O`zbekiston jurnalistikasi rivojida o`ziga xos o`rin tutgan professor, qator badiiy ilmiy asarlar muallifi, O`zbekiston davlat jahon tillari universiteti xalqaro jurnalistika fakulteti “Audiovizual jurnalistika va ommaviy kommunikatsiya” kafedrasi mudiri Xurshid Do`stmuhammad. Ustoz– ma`naviy padar, degan naqlga amal qiladigan bo’lsak, u men uchun azizdan aziz…
Bugungi suhbatimiz davomida uning ko`pgina ochilmagan sirlari va hayot tajribalari bilan tanishasiz degan umiddamiz.
1)Hayotingiz davomida turli murakkab holatlar,vaziyatlar bilan to`qnash kelgansiz. Shun-day vaziyatlardan chiqishda siz aynan nimaga tayanasiz: hayot tajribangizgami, bilimizgami yo bo`lmasa ko`nglingizga quloq solasizmi?
–Juda ham qiziq savol, Donoxon, jurnalist haqiqatdan favqulotda vaziyatlarga ko`p tushadi va bu vaziyatlar katta bir tabiiy ofat darajasida bo`lishi ham mumkin. Yo bo`lmasa odamlarning o`rtasidagi murakkab holatarga tushadi. Hayot ziddiyatlardan, qarama-qarshiliklardan iborat. Ba‘zan kim haq, kim nohaq, to`satdan aniqlay olmaysiz. Shunday vaziyatda birinchi navbatda niyatni yaxshi qilib, odamlarga yaxshilikni keltirish nuqtai nazaridan yondoshaman. Birinchi navbatda ziddiyatni kamaytirishga harakat qila-man. Chunki jahl chiqib, g`azab qo`zg`ab turgan vaqtda muammo hal bo`lmaydi. Muammo xotirjam paytda hal bo`ladi. Jahl vaqtida odamlar ko`proq o`ylamasdan gapiradi, birovni rajitib qo`yadi. Men xolis pozitsiyani topib, vaqtincha ikki tarafni jahldan tushirishga harakat qilaman. Sababi bir-birimizga keskin gaplarni aytib yubormaylik, bir-birimizni ranjitib qo`ymaylik, keyin muammo hal bo`laveradi menimcha. Meni shiorim bor:―Tirik jon bor ekan, muamollarning ichida yashaydi, muammosiz inson yo`q. Lekin insonning insoniyligi har bir muammoni betalofat va madaniyat bilan hal qila olishiga bog`liq. Agar shunday yondoshilsa, juda ham ko`p ziddiyatlar, to`qnashuvlarga yo`l qo`yilmagan bo`lar edi. Mening fikrimcha shunday. Juralistning vazifasi janjalni kuchaytirish, chuqurlashtirish, ziddiyatni raqobatga aylan-tirish emas, aksincha, xolis bo`lish kerak. Doimo muvoznatni saqlashni bilish kerak.
2)Fe`lingizdagi qaysidir jihatni yo`qotishga harakat qilgansizu, lekin hali ham natija bo`lmayapti. Bu qaysi odat yo jihatingiz?
–Men ma`lum ma`noda ishonuvchanman.Har xil holatda yolg`on, noto`g`ri munosabatlarga ham ishonib qolaman. Ishonib qolishim oqibatida ko`p zararga ham uchraganman. Lekin shu fe`limni yo`qota olmaya-man. Ochiqdan ochiq aldanib turganimni his qilsam ham, «ha mayli», deb qo`ya qolaman. Birov aldab xursand bo`lsa, «mayli, men shunga roziman», deyman. Ko`ngil bo`shligi deyishadi buni. Bu prinsipsizlik, qat‘iyatsizlik deyiladi, lekin meni odamlarga achinish tuyg`uim kuchliroq-d,a har xil holatdagi odamlarga achinaman-da.Achinish hissim ustun kelib meni ishontirib qo`yadi.
3) Bugungi uchrashuvimizda, aytib o`tdingiz, har bir jurnalist jamiyatni rivojlanishi uchun jamiyat-dagi qaysidir muammolarni bartaraf etishda o`z maqolalari orqali kurashishi kerak, harakat qilishi kera, deb. Shu o`rinda savol tug`iladi: sizning nazaringizda o`zingiz haysi harakatingingiz bilan yo bo`lmasa maqolangiz bilan jamiyat rivojiga hissa qo`shdim deya olasiz?
–Maqtanib ayta oladiganim–men bir inson, ziyoli sifatida hamma ishlar go`zalik me‘yorlari asosida bo`lsa, degan orzum bor. Ezgulik birinchi o`rinda turishi kerak . Shunga harakat qildim, badiiy asarlarimda ham, publististika asarlarimda ham. Samimiylik kimga qancha samara berdi, bunga baho bera olmayman. Lekin o`zimga murojaat qilganlar juda samimiy yozasiz, o`qiganda odam yaqin do`stidek yozasiz, hatto ilmiy ishlarimda ham ilmiylikdan uzoqlashib samimiylashib, badiiylashib ketgan deyishadi. Badiiylashib ketma-gan, samimiylashib ketgan deyish mumkin. Mayli, ilimdan uzoqroq bo`lsa ham, nafi ko`proq bo`ladi deb samimiy yozgim keladi. Juda ham xursand bo`laman kimninngdir ko`ngliga ta`sir qilib, uni yumshatgan bo`lsa, uning hayotga qarashlarini ozgina bo`lsa ham tarbiyalagan bo`lsa–men niyatimga yetgan hisoblayman o`zimni.
4) Hayotda o`zingizni qachon hech kimga keraksiz deb his qilgansiz? Agar shunday bo`lgan bo`lsa, bu holatdan qanday chiqgansiz?
–Yigirma yoshlarda men g`arb adabiyotini, modern adabiyot-lariga mehr qo`yganman. Kafka, Kamyu, ayniqsa Dostayevskiy, Akutava Rinaskelarni juda ko`p o`qiganman va ularni ta`siriga berilib qolganman. Sho`ro davri mafkurachilari ularni keng omma tomonidan o`qilishini xohlashmasdi, yo`l qo`yishmasdi. Bundan tashqari, ko`plab falsafiy asarlarni o`qiganman va inson yolg`iz degan tushunchani tushunib, angalab yetganman. Har bir inson yolg`iz. Taxminan 20-21 yoshlarimda kundaligimga yozib qo`yganman. Odamlardan yaxshilik kutmayman, yaxshilik ko`rsam, qabul qilaman, yomonlik ko`rsam, hafa bo`lmayman, chunki odam–odamga bo`ri. Har qanday tirik jon manfaat asosida yashaydi. Manfaatga munosabat nuqtai nazar, munosabatidan har bir odam yolg`iz. Kamyuda yoki Kafkada shunday gap bor: ―Har bir inson o`z taqdiri oldida yolg`iz‖. Inson hayotidan quvonch topa bilishi kerak. Zavq–insonlar bilan muloqatda, muhitda. Ichki va tashqi muhitni kashf qilish kerak. Shundagina hayoti mazmunliroq kechadi.
13
KOmedia
KOgrata
4-son (2013-yil, 26-avgust)
Yapon falsafasiga berilib ketganman, bir vaqtlar Harakiri falsafasini o`qiganman. Meni eng yaxshi ko`rgan Akutava Yunaski, Sveyg o`zini o`ldirgan. Sveygdek dilbar adib nima sababdan o`zini o`ldirgan?! Bu masala juda chuqur.
5) Hayotimiz davomida turli insonlarni uchratamiz. Ular orasida ikkiyuzlamachilari ham yo’q emas. Agar siz bilan suhbat-lashayotgan inson ikkiyuzlamachilik qilayotganini bilib tursangiz yo bo’lmasa shunday insonlar bilan ishlashda qanday yo’l tutasiz?
–Har bir insonni tushunishga harakat qilaman. Bu hayotda eng mushkuli - insonlarni tushunish. Odamlar har xil: muttahami ham bor, ikkiyu-zlamachisi ham, munofiqi ham. Nima ham qilardik?Men uni munofiqlikdan qutqarib qola olmayman u shundaymi men uni shunday qabul qilaman va mumkin qadar talofatni kamaytirishga harakat qilaman,ziddiyatgalga urush janjalga bormayman.Bir ishlashim, muloqat qilishim mumkin, har bir insondan fazilat qidiraman.Fazilat topib olamanda va o`sha yaxshi fazilatini bo`rttirishga harakat qilaman. Zora, unga bu ta`sir qilsa va kamchiliklari yo`qolsa deyman.Yomonini yashirib, yaxshisini oshirishga harakat qilaman. Birovga sen yomonsan, munofiqsan, desa u odam undan-da tubanlashib ketaveradi. Yaxshi tarafini maqtayversangiz-u, uni yaxshi fazilatini parvarish qilsangiz, qusurini yopib ketadi. Men shunday deb o`ylayman. Mening gumanizmim shunday.
6) Bilamizki, raqobat bor joyda o`sish bo`ladi. Savolim quyidagicha: siz umringiz davomida kim bilandir raqobatlashganmisiz? Agar sir bo`lmas u kim?
–Raqobat juda qiziq narsa. Dunyo o`yindan iborat. Yoshidan, kasbidan, jinsidan qat‘i nazar o`yin falsafasi asosida yashaydi. Yoshlikda ham o`yin o`ynaganmiz-ku, o`yinda raqobat, musobaqalashish, bellashuv tuyg`usi bor. ‖Sportivniy azart‖, deydi ruslar. U menda juda ham rivojlangan. Men o`zim sportning juda ko`p turlariga qatnashganman, tinimsiz sportning deyarli hamma turlarida o`zimni sinab ko`raganman va hanuzgacha uni ko‘proq yaxshi ko`raman. Ichimda musobaqal-ashishga, o`zishga intilish kuchli. Lekin, hayotga ko`chirgim kelmaydi. Chunki menda hasad yo`q. Hasad qilmayman, havas qilaman. Lekin o`zimning imkoniyatim darajasida ishlayman. Erishmoqchi bo`lgan orzularimni imkoniya-tim darajasida ko`raman, shuning uchun ham, hayotga ko`chirmayman. O`yin sifatida raqobatni juda ham qadrlayman. Ana shu o`yindagi raqobat hayotda oshkora to`qnashuvga olib kelmasligi kerak, deb o`ylayman.
6) Tasavvur qiling siz hozir bizning yoshimizdagi “Kelajak ovozi” faoli bo’lib, shu oromgohda ishtirokchi bo’lib qolganingizda qanday bo’lardi?
–Eh, Donoxon, bu bizning armonimiz, bizning avlodning armoni. Masalan, hozir yoshlarni ko`rib, ich-ichimdan havasim keladi. Agar menda bo`lsaydi, sening yoshliging deydi-ku…Oh-hoo, rejalarim hozirgi erishgan yutuqlarimdan o`n hissa ko`proq bo`larmidi. Birinchi navbatda til, texnologiyani puxta egallab, dunyoni egallashga harakat qilgan bo`lardim. Bizda qayerda edi bu imkoniyatlar. Ajoyib muhitni qarang va yoshlarni kutilmaganda fikrining tiniqligini qarang, maqsadining tozaligini, beg`uborligini qarang, muhit toza, chiroyli, madaniyatli bo`lsa, odam ham madaniyatli bo`ladi. Odam ham shu muhitning obi-havosiga yarahsa fikrlashga harakat qiladi. Mana shu fikr butun respublika yoshlariga tarqalishini juda ham orzu qilaman. Mana shunday imkoniyat yaratib bergan Fund Forum, YOTM ―Kelajak ovoz‖iga ming rahmat. Ana shu muhitni respu-blikamizning chekka-chekka qish-loqlariga yetkazish kerak. Media-oromgohdagi ijodiy muhit, mana shu bir haftalik olgan taassuroti bir um-rga tarbiyasida, ularning xotiralarida qoladi va bir umr asos, fundament vazifasini bajaradi. Bu muhitni tengi va ta`rifi yo`q.
7)Hozirgi yosh jurnalistlar orasi-dan kimni kelajakda o`zingizga o`xshagan yetuk jurnalist sifatida ko`ra olasiz?
–Kelajakda taxminan o`n besh, yigirma yildan keyin menga o`xshagan jurnalist kerak emas. Bu zamon mutlaqo boshqa bo`ladi, talab boshqacha bo`ladi, hozir biz erish-ganimizdan ancha yuqoriroq darajaga erishgan jurnalistlar bo`lishiga ishonchim komil. Albatta, bo`ladi. Meni juda ham katta orzuim bor: jurnalistika fani, nazariyasi va umu-man matbuotchilik, jamiyat, jurnalist shaxsiga doir fundamental muamol-larni o`rganish bilan shug`ullanadigan, hayotini baxshida eta oladigan yoshlarimiz ko`payishini juda ham xohlardim. Chunki fan sifatida, fundamental tadqiqot sifatida qilinishi kerak bo`lgan ishlarimiz juda ham ko`p. Katta–katta monografiyalar, qo`llanmalar, darsliklar kerak. Bu boradagi kamchiliklarimizni kim to`ldiradi?! Mana shu yoshlar to`ldiradi, deb ishonaman!!
Donoxon KARIMOVA suhbatlashdi.
14
KOmedia
KOgrata
4-son (2013-yil, 26-avgust)
26 АВГУСТА
1723 — В Петергофе пущен комплекс фонтанов.
1735 — русская армия впервые в истории вышла к Рейну.
1770 — В «Трудах Вольного экономического общества» появилась первая научная статья на тему картофеля «Примечания о картофеле». Впервые название картофель ввѐл в русскую речь учѐный-агроном Андрей Тимофеевич Болотов, который первым в России приступил к выращиванию культуры на огороде (а не на клумбах), положив тем самым начало массовому распространению на Руси «второго хлеба». В 1840 г. Правительство предприняло меры по внедрению культуры выращивания картофеля, что встретило сильное сопротивление крестьян («картофельные бунты» в 1842).
1789 — Во Франции принята Декларация прав человека и гражданина, документ, заложивший основы буржуазного права в Европе.
1801 — Филипп Лебон патентует двухтактный двигатель внутреннего сгорания.
1847 — Провозглашена Республика Либерия — первое независимое государство в чѐрной Африке. Отцами-основателями стали иммигранты — вывезенные (начиная с 1821 года) из США освобождѐнные негры, занявшие господствующие позиции во всех сферах деятельности.
1858 — Отправлена первая новость телеграфом.
1895 — На Ниагарском водопаде открыта гидроэлектростанция.
1903 — Палеонтолог Отто Хаузер обнаруживает прекрасно сохранившийся скелет кроманьонца.
1914 — Первая мировая война: войска Германской империи разгромили войска Российской империи в Битве при Танненберге.
1918 — В России большевиками национализированы театры.
1925 — Шарль Анри заявляет, что с помощью рентгена удалось заснять «признаки души» человека.
1927 — Владимир Маяковский из Ялты сообщил телеграфом в Москву название законченной им поэмы «Хорошо!».
1928 — Мэй Доногхью пила имбирное пиво в кафе города Пейсли, Шотландия, когда обнаружила в банке улитку. Она подала гражданский иск на производителей, который перерос в одно из знаменитнейших дел в истории английского Общего права, известное как дело «Доногхью против Стивенсона».
1939 — Югославское правительство предоставило автономию Хорватии (см. Соглашение Цветковича — Мачека).
1944 — Вторая мировая война: Шарль де Голль вступает в Париж.
1947 — Американское командование в Италии сняло запрет на свадьбы американских солдат с итальянскими девушками.
1952 — Впервые вводится фторирование водопроводной воды.
1957 — ТАСС сообщило об успешном испытании межконтинентальной баллистической ракеты.
1972 — В Мюнхене открылись XX летние Олимпийские игры. Спортивные состязания омрачил террористический акт против израильских спортсменов.
1973 — Университет штата Техас в Арлингтоне стал первым ВУЗом, включившим в свою программу курс изучения танца живота.
1999 — Майкл Джонсон побивает мировой рекорд по бегу на 400 метров с результатом 43.18 секунды.
России Д. А. Медведев подписал указ о признании независимости Абхазии и Южной Осетии.
2009 — Запущен самый высокогорный газопровод «Дзуарикау — Цхинвал».
Гулхаѐ РАХИМОВА
Bosh muharrir: Saidaziz A’zamov
Nashr uchun mas’ul: Nodira Odilova
Dizayner: Farrux Xolmuhamedov
Gazetaning elektron versiyasi quyidagi manzilda:
www.uz-vrach.tk
www.uz-doctor.tk
15
KOmedia
События
4-son (2013-yil, 26-avgust)

понедельник, 26 августа 2013 г.


AJOYIB VA QIZIQARLI SEMINAR TRENINGLAR

Bugun media oromgohning  2-kuni seminar treningimizni mahoratli trenerlarimiz bo`lmish Beruniy Alimov hamda Sherzod Qudratxo`jayevlar o`tkazdilar.Treningning birinchi qismini Sherzod  Qudratxo`jayev o`tkazdi. Dars davomida o’zimizni qiziqtirgan ba’zi savollarga javob oldik. Xususan, internet borasidagi bizning fikrlarimiz bilan qiziqdilar. Va ellik yildan keyin OAVni tasavvur qilishimizga imkon berdilar. Biz esa o’z tahminlarimizni aytganimizda, ular nano va info texnologiyalarning kelajakda hukmronlik qilishini aytdilar. Jurnalist avvalo o`zidan avval ijod qilgan jurnalistlarni bilishi va ular qanday janrlarda ijod qilganlarini yodda tutishi kerak. Malakali jurnalist bir necha sohalarni bilishi yozgan maqolalari bilan ma’lum bir yo’nalishga ixtisoslashib borishi kerak deydi, Sherzod Qudratxo`jayev
Seminar treningimizni ikkinchi qismini O`zMU Oliy jurnalistika kursi rahbari Sherzod Qudratxo`jayev o`tkazdilar. Ular o`zlari o`tkazgan OAV haqidagi blits so`rovnoma bilan bizlarni tanishtirdilar. O`zbekiston jurnalistlarining  va texnik vositalarning kamchiliklari borasida  fikr yuritdik.
Bugungi seminar trening judayam maroqli o’tdi. Bugungi seminarda Mtrk.uz haqida suhbatlashdik, bunda bizning tarmoqlarning kamchiligi, bizning tarmoqlarga boshqa xorijiy davlatlarni jalbqilish yo’larini o’rganib muloxaza qildik so’ngra 21 asrda bizni qanday mo’jizalar kutmoqda yani texnika olamida, bu mavzu boshlangandan so’ng judaxam ko’plab baxslar boshlanib ketdi va bizni yangi izlanishlarga chorladi deb so’zini yakunladi  Abdurashid_Saidov,  KO YoTM faoli

Jurnalisitika soxasida tahsil olaman. Bilamanki, ushbu kasbnining noni qattiq. O’ziga xos uslub  va tili bo’lgan qolipdan qochib ijod qiladigan jurnalistlarni hurmat qilaman. Media oromgohga o’z ko’nikma va bilimlarimni oshirish do’stlar ortirish maqsadida keldim-deydi bosma jurnalsitika yo’nalishidan Odina Qulmurodova.


Hosil terayotgan bog’bonlar
San’at mashaqqatli kasb. Unda nom qozonish esa undan-da mashaqqatli. Kino olamida “O’yin” filmida G’ofur obrazini yaratgan, “Katta oyijon” kinokartinasiga rejissorlik qilgan taniqli aktyor, drammatur Fotix Jalolovning ota-onalari “Bo’ston” sanatoriyasida dam olayotgan ekan. Shu sabab biz yuqoridagi ulug’ insonlar bilan xalqimizning suyukli aktyori haqida va ularning hayot yo’llaridagi mashaqqatlari-yu, shodliklari haqida suhbatlashdik.



    Oilangizda farzandlaringizning kasb tanlashlarida nima muhim ro’l o’ynagan? Ularning qiziqishlarimi yoki sizlarning istagingizmi?
    Har bir odam o’z iqtidoridan kelib chiqqan holda kasb tanlashi lozim. To’rtta farzandim (bir qiz, uch o’g’il) ham o’zlari xohlagan kasbni tanlagan. Chunki, men ham, rafiqam Muhiba ham pedagogmiz. Shu sabab ularning kasb tanlashlariga qarshilik qilmaganmiz. Masalan, katta qizim Mohida bolaligidan shifokor bo’lishni istardi. Bugungi kunga kelib bosh shifokor darajasiga yetdi. To’ng’ich o’glim Farrux iqtisodchi bo’lib yetishdi. Ukasi Fotix esa drammaturgiyani ma’qul ko’rdi. O’qishga topshirish vaqti kelganida, yonimizga kelib Rassomchilik va san’at institutiga kirish niyati borligini aytgandi. Bunga qarshilik qilmadik. U o’qishga kirdi. Tamomladi. Keyin esa institutda ustozlari Fotixjonni institutda olib qolishga harakat qilishdi. San’at institutidagi bir necha yillik faoliyatidan keyin teatrga o’tishga axd qildi. Hozirgaga kelib O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artist darajasiga yetdi. Kenjamiz Dilshod mening izimdan ketib jurnalistika sohasini tanladi. Hozirda shu sohada tahsil olmoqda.
    Fotix Jalolovning bolaligi qanday va uning kino olamiga qiziqishiga kim sababchi bo’lgan?
    Fotix juda sho’x yigit bo’lgan. Bolaligidan aktyorlik maharatini shakllantirib borgan. Uning teatr va san’atga qiziqishiga amakisi “Otalar so’zi” ko’rsatuvi boshlovchisi Mirsoat Sharipov sababchi bo’lgan deb o’ylayman.
    Uzoq yillik hayot yo’lingizda eng yodda qolgan damlar…
    Bunday lahzalar har bir odam hayotida bo’lishi tabiiy. Masalan, inson umridagi eng qiziq va yodda qoladigani bu farzandlarimning dunyoga kelishidir. Qizim tug’ilganida bizning raketalar birinchi marta oyga qo’ngan kun bo’lar bo’lgan. Bu ham o’ziga xos xursandchilik edi. Shu sababdan to’ng’ich farzandimizning ismini Mohida ya’ni oyda deb qo’yganmiz. Bunday shodli damlarga misol qilib farzandlarimizning o’qishga kirganlarini, ishga joylashganlarini va elimizga munosib farzand bo’lib yetishganlarini aytsak bo’ladi.
    Pedogog sifatida bugungi yoshlar va avvalgi avlod o’rtasida yaqqol ko’zga ko’rinadigan farq nimada?
    Bugungi kun va bizning davr o’rtasida yer bilan osmonchalik farq bor. Bugungi kun texnologiyalari haqida soatlab gapirsa bo’ladi. Bu bora yoshlarga havas bilan qarayman. Masalan siz kabi yoshlarning insonlar bilan hayajonsiz erkin intervyu tayyorlashlaringizni ko’rib ham hayratlanaman, ham xursand bo’laman. Nima bo’lganda ham kelajakda sohangizning yetuk mutahasisi bo’lib yetishishingizga tilakdoshmiz. Ishlaringizga omad.

воскресенье, 25 августа 2013 г.

Oramizda
Chekilgan zahmat qadri
“Media oromgoh” ishtirokchilari hayoti juda qizg’in davom etmoqda. Ularning ta’lim olishlari, yaxshi hordiq chiqarishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Bu borada o`zining beminnat mehnati bilan hissasini qo’shayotgan fidoiy insonlarga minnatdorchilik bildirish joiz. Ularning bir guruhlari oromgoh qatnashchilarining yaxshi ovqatlanishlari uchun, boshqalari esa toza-ozoda xonalarda orom olishlari va o’quv treninglar vaqtida zamonaviy kommunikatsiya vositalar, internet tarmoqlaridan unumli foydalanishlari uchun zahmat chekmoqdalar.
Evgeniy Aleksandrovich
“Media oromgoh” internet tarmoqlari sozlovchisi
        «Internet tarmoqlari va ularni sozlashga bo’lgan qiziqishim maktab vaqtimdan boshlangan. Kollej o’quvchisi bo’lganimdan so’ng bu sohadagi bilim-ko’nikmalarimni yanada mukammallashtirdim. Hozirgi kunda bu sohada qiynalmay faoliyat yuritmoqdaman».
«Media oramgoh» ishtirokchilarining internet tarmoqlaridan sifatli foydalanishlarida Evgeniy Aleksandrovichning o’rni beqiyosdir.
Shohida Oripjonova
«Bo’ston» sihatgohi oshxonasi xodimi
        «Men bir necha yillardan beri shu sihatgoh oshxonasida faoliyat olib boraman. Sihatgohimizga «Kelajak Ovozi» faollarining tashrifi bizga yoshlik ruhiyatini olib keladi. Men esa ularning shijoatini ko’rib hayratlanaman. Qani endi menga ham yoshligimda shunday imkoniyatlar yaratilganda edi.»

Xulosa o’rnida butun oromgoh ishtirokchilari nomidan oromgohda ishlayotgan barcha zahmatkash insonlarga tashakkur aytamiz. 
Mustaqillik  yillarida Jahon Olimpiada o’yinlarida  sovrindor bo’lgan sportchilarimiz haqidaBugun O‘zbekiston haqli ravishda yirik sport mamlakati, deb atalmoqda.Nufuzli xalqaro musobaqalarda ulkan g‘alabalarni qo‘lga kiritayotgan yetuk sportchilarni tarbiyalash bilan birga yurtimizda ommaviy sportni rivojlantirish uchun ham barcha zarur shart-sharoitlar yaratilmoqda. Buning natijasida bugun sport xalqimiz hayotining ajralmas qismiga aylandi. Yurtimiz nomini yuksaklarga ko’tarayotgan sportchilamiz  bilan sizlarni tanishtirsak:
Ø  Oksana Chusovina  sport gimnastikasi, oltin medal sohibasi . (Barselona 1992 yil)
Ø  Lina Cheryazova Fristayl, oltin medal (Lillixemmed 1996 yil)
Ø  Armen Bagdasarov  dzyudo, kumush medal (Atlanta 1996 yil)
Ø  Karim To’laganov  boks, bronza medal  (Atlanta 1996 yil)
Ø  Sergey Mixaylov  boks, bronza medal (Sidney 2000 yil)
Ø  Muhammadqodir Abdullaev boks, oltin medal (Sidney 2000 yil)
Ø  Rustam Saidov boks, bronza medal (Sidney 2000 yil)
Ø  Artur Taymazov erkin kurash, kumush medal (Sidney 2000 yil), (Afina 2004 yil) oltin medal, (Pekin 2008) oltin medal,  (London 2012 yil) oltin medal.
Ø  Aleksandr Dokturashvili Yunon-rim kurashi, oltin medal (Afina 2004 yil)
Ø  Megomed Ibragimov Yunon-rim kurashi, kumush medal (Afina 2004 yil)
Ø  O’tkirbek Haydarov  boks, bronza medal. (Afina 2004 yil)
Ø  Bahodirjon Sultanov  boks, bronza medal. (Afina 2004 yil)
Ø  Abdulla Tangriyev  dyuzdo, kumush medal. (Pekin 2008 yil)
Ø  Soslan Tagiev dyuzdo, bronza medal  (Pekin 2008 yil).
Ø  Rishod Sobirov Dzyudo, bronza medal (Pekin 2008 yil).  (London 2012 yil)  bronza medal
Ø  Yekaterina Xilko gimnastika, bronza medal. (Pekin 2008 yil)
Ø  Anton Fokin gimnastika, Bronza medal. (Pekin 2008 yil)
Ø  Abbos Atoev boks, bronza medal. (London 2012 yil)

Abdurashidbek_Saidov
Sport  o’yinlari desa, jon-jon deb, bor ishini tashlab ketadigan yoshlar oramizda juda ko’p. Ayniqsa, futbol haqida soatlab dars o’tadigan tengdoshlarimiz ham topiladi. Futboldan bexabar, unga umuman qiziqmaydiganlar uchun  dunyoning eng yaxshi 10 nafar futbolchisi haqida ma’lumot bermoqchimiz.

Pele. (Braziliya) Вilasizmi?  Pelening haqiqiy nomi Edson Arondis du Nasimentu. 23 oktyabr 1940 yilda dunyoga kelgan. Pele futbolga 1957 yilda kirib kelgan.  Qarangki,  u 92 ta o’yinda 77-marotaba gol urgan. Uning hozir 2 o’g’li va 1 qizi bor.   
Ferend Pushkash (Vengriya) – bu uning taxallusi emas, balki haqiqiy ismi. U 1977  yilning 1-aprelida “Kulgu kuni”da tug’ilgan. U 2006 yilning 17 noyabr ida ko’z yumgan. Ferendni  dunyoning “Eng zo’r  futbolchisi” deb tan olishgan va u “Oltin jamoa” mukofotiga sazovor bo’lgan.
Diego Maradona (Argentina) 30 oktyabr 1960 yilda dunyoga kelgan. Hozirda 52 bahorni qarshi olishga urgurgan.  1976 yilda futbolga birinchi qadamni qo’ygan. Argentina jamoasida ko’pgina futbol klublarida  yarim himoyachi va xujumchi bo’lib to’p  surgan. Masalan: barchaga mashhur bo’lgan “Argentinos Xemiyors”,  “Baha Xuniyors”,  “Barselona” komandalar.
Mishel Plotini (Fransiya) 1955 yilning 21 iyunida tug’ilgan.  Hozirda 58 yoshda. 1972 yilda ish faoliyatini boshlab, 1987 yilda yakunlagan. 1984 yilda esa  ketishidan oldin esdalikka  “Yevropa chempioni” bo’ldi. J “France Football” jurnalining ta’kidlashicha, u XX asrning “Eng yaxshi futbolchi si” deb ta’kidlangan. Hattoki, “ Oltin to’p” sovrindori.
Gerd Myuller (Germaniya)03.11.1945 yilning 3 noyabrida tug’ilgan. Hozirda 67 yoshni qo’ralagan. Futbol olamida ish faoliyatini 1963 yilda boshlagan. “Bavariya”  klubida hujumchi bo’lgan.
Lev Yashin(Rossiya) 22.10.1929 yilning 22 oktyabrida tug’ilib,  1990 yilning 20 martida hayot bilan xayrlashgan.  1960 yilga qadar 5 marotaba “Yevropa chempioni” bo’lgan.
 Zinedene Zidan(Fransiya) 1972 yilning 23 iyulida tug’ilgan, hozirda 41 yoshda. Fransiyaning eng mashhur boshi aynan unga tegishli, esingizda bo’lsa kerak. “Konn”, “Bord”, “Yuventus”,  “Real Madrid” jamoalarida to’p surgan. U 1998-yilda “Jahon chempioni”  va  2000-yilda “Yevropa chempioni”  unvoniga sazovor bo’lgan
Lionel Andrey Messi (Argentina) 1987 yilning 24 iyunida dunyoga kelgan. Hozirda 26 yoshda, Yosh bo’lishiga qaramay,  hozirgi kunda Argentina milliy terma jamoasi sardori, “Barselona” futbolchisi. 2008 yilda “Olimpiya chempioni”, 2005 yilda “Jahon chempioni” unvonini qo’lga kiritgan.
Krishtianu Ronaldu (Portigaliya) asl ismi Krishtianu Ronaldu Dush Sontush Avayru uzundan-uzun ismga ega bo’lgan bu futbolchi 1985 yilning 5 fevralida tug’ilgan. Hozirda 28 yoshda. “Real Madridjamoasida top surmoqda.
Ser Stenli Metyuz (Angliya) 1.02.1915 yilning 1 fevralida tugilib, 2000-yilning 23 fevralida vafot etgan. Barchamizga taniqli bo’lgan, bu futbolchi juda ham mashhur. 700 dan ziyod o’yinlarda qatnashgan. Eng ajablanarlisi shundaki, shu o’yinlardan birortasida ham ogohlantirish olmagan.
Abdurashidbek_Saidov