воскресенье, 25 августа 2013 г.

Oramizda
Chekilgan zahmat qadri
“Media oromgoh” ishtirokchilari hayoti juda qizg’in davom etmoqda. Ularning ta’lim olishlari, yaxshi hordiq chiqarishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Bu borada o`zining beminnat mehnati bilan hissasini qo’shayotgan fidoiy insonlarga minnatdorchilik bildirish joiz. Ularning bir guruhlari oromgoh qatnashchilarining yaxshi ovqatlanishlari uchun, boshqalari esa toza-ozoda xonalarda orom olishlari va o’quv treninglar vaqtida zamonaviy kommunikatsiya vositalar, internet tarmoqlaridan unumli foydalanishlari uchun zahmat chekmoqdalar.
Evgeniy Aleksandrovich
“Media oromgoh” internet tarmoqlari sozlovchisi
        «Internet tarmoqlari va ularni sozlashga bo’lgan qiziqishim maktab vaqtimdan boshlangan. Kollej o’quvchisi bo’lganimdan so’ng bu sohadagi bilim-ko’nikmalarimni yanada mukammallashtirdim. Hozirgi kunda bu sohada qiynalmay faoliyat yuritmoqdaman».
«Media oramgoh» ishtirokchilarining internet tarmoqlaridan sifatli foydalanishlarida Evgeniy Aleksandrovichning o’rni beqiyosdir.
Shohida Oripjonova
«Bo’ston» sihatgohi oshxonasi xodimi
        «Men bir necha yillardan beri shu sihatgoh oshxonasida faoliyat olib boraman. Sihatgohimizga «Kelajak Ovozi» faollarining tashrifi bizga yoshlik ruhiyatini olib keladi. Men esa ularning shijoatini ko’rib hayratlanaman. Qani endi menga ham yoshligimda shunday imkoniyatlar yaratilganda edi.»

Xulosa o’rnida butun oromgoh ishtirokchilari nomidan oromgohda ishlayotgan barcha zahmatkash insonlarga tashakkur aytamiz. 

Комментариев нет:

Отправить комментарий