Biz ham
futbol ko’ramiz
Futbol millionlar o’yini. Bundan 3 yil oldin Jahon chempionatining AQSH-Gana uchrashuvini
uyda oynai jahon orqali tomosha qilayotgan amerikalik bir fanat sevimli jamoasining
mag’lubiyati chidolmay, jahl ustida 3
oylik bolasini urib halok qilgan edi. Ha, fanatizmga qattiq berilib ketish
yaxshi oqibatlarga olib kelmasligi bir necha bor isbotini topgan. Xo’sh,
ayollarimiz erkaklarning futbol ko’rishiga qanday fikr bildirishar ekan? Bu
borada “Bo’ston” sihatgohida dam olayotgan ayollar va KO faollarining fikrlari
bilan qiziqdik.
–
Erkaklarning
hamma narsani unutib qo’yib, futbol yoki biror o’yinning ichiga kirib ketishlariga
qarshiman. Hammasi me’yorida bo’lishi kerak. Lekin ba’zan o’g’illarim bilan
birga o’zim ham millionlar o’yinini ko’rib turaman.
–
Biz oilaviy futbol ishqibozimiz. O’g’lim “Liverpul”, turmush o’rtog’im “Tottenxem”ga,
o’zim esa “Arsenal”ga muxlislik qilaman. Lekin men ba’zida konsert ko’rmoqchi
bo’lsam, ular bilan tortishib qolamiz. Axir, erkaklar futbol turganda konsert
ko’risharmidi?
–
Menga futbol yoqmaydi. Akam yoki ukam futbol
ko’rayotgan bo’lsa boshqa kanalga olaman. Boisi, ba’zida dars qilayotganimda
baqir-chaqir qilib, menga halaqit berishadi.
–
Xonadonimizda
ham, qo’shnilarimizda ham yarim tungacha futbol ko’rib chiqiladi. Bunga
ko’nikib ketganman. Soat 2-3 larda futbol bo’ladigan bo’lsa, kofe, choylarini
damlab, uxlab qolmay deb navbatchilikda turishadi. Navbatchi odam futbol boshlansa butun oilamiz a’zolarini
uyg’otib, ertalabgacha futbol ko’rib chiqishadi. Lekin xudoga shukrki, uyimizda
tosh oynalar sinmaydi.
–
Meni
futbolga bo’lgan munosabatim ijobiy. Uyimizda dadam, akam, ukalarimga qo’shilib
onam, ba’zida esa o’zim ham qo’shilib futbol ko’rib turaman. Ba’zi erkaklarning futbol ko’rmasligiga
hayron qolaman. Qanday qilib futbol ko’rmaslik mumkin? Shunaqa yigitlar borki,
futbolning o’rniga serialmi yoki kino ko’rishadi. Rosti bunday bollarni
tushunmayman. O’ylaymanki, erkak kishi baribir futbol ko’rishi kerak.
Abdurashidbek_saidov intervyusi
Комментариев нет:
Отправить комментарий