понедельник, 26 августа 2013 г.



Hosil terayotgan bog’bonlar
San’at mashaqqatli kasb. Unda nom qozonish esa undan-da mashaqqatli. Kino olamida “O’yin” filmida G’ofur obrazini yaratgan, “Katta oyijon” kinokartinasiga rejissorlik qilgan taniqli aktyor, drammatur Fotix Jalolovning ota-onalari “Bo’ston” sanatoriyasida dam olayotgan ekan. Shu sabab biz yuqoridagi ulug’ insonlar bilan xalqimizning suyukli aktyori haqida va ularning hayot yo’llaridagi mashaqqatlari-yu, shodliklari haqida suhbatlashdik.



    Oilangizda farzandlaringizning kasb tanlashlarida nima muhim ro’l o’ynagan? Ularning qiziqishlarimi yoki sizlarning istagingizmi?
    Har bir odam o’z iqtidoridan kelib chiqqan holda kasb tanlashi lozim. To’rtta farzandim (bir qiz, uch o’g’il) ham o’zlari xohlagan kasbni tanlagan. Chunki, men ham, rafiqam Muhiba ham pedagogmiz. Shu sabab ularning kasb tanlashlariga qarshilik qilmaganmiz. Masalan, katta qizim Mohida bolaligidan shifokor bo’lishni istardi. Bugungi kunga kelib bosh shifokor darajasiga yetdi. To’ng’ich o’glim Farrux iqtisodchi bo’lib yetishdi. Ukasi Fotix esa drammaturgiyani ma’qul ko’rdi. O’qishga topshirish vaqti kelganida, yonimizga kelib Rassomchilik va san’at institutiga kirish niyati borligini aytgandi. Bunga qarshilik qilmadik. U o’qishga kirdi. Tamomladi. Keyin esa institutda ustozlari Fotixjonni institutda olib qolishga harakat qilishdi. San’at institutidagi bir necha yillik faoliyatidan keyin teatrga o’tishga axd qildi. Hozirgaga kelib O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artist darajasiga yetdi. Kenjamiz Dilshod mening izimdan ketib jurnalistika sohasini tanladi. Hozirda shu sohada tahsil olmoqda.
    Fotix Jalolovning bolaligi qanday va uning kino olamiga qiziqishiga kim sababchi bo’lgan?
    Fotix juda sho’x yigit bo’lgan. Bolaligidan aktyorlik maharatini shakllantirib borgan. Uning teatr va san’atga qiziqishiga amakisi “Otalar so’zi” ko’rsatuvi boshlovchisi Mirsoat Sharipov sababchi bo’lgan deb o’ylayman.
    Uzoq yillik hayot yo’lingizda eng yodda qolgan damlar…
    Bunday lahzalar har bir odam hayotida bo’lishi tabiiy. Masalan, inson umridagi eng qiziq va yodda qoladigani bu farzandlarimning dunyoga kelishidir. Qizim tug’ilganida bizning raketalar birinchi marta oyga qo’ngan kun bo’lar bo’lgan. Bu ham o’ziga xos xursandchilik edi. Shu sababdan to’ng’ich farzandimizning ismini Mohida ya’ni oyda deb qo’yganmiz. Bunday shodli damlarga misol qilib farzandlarimizning o’qishga kirganlarini, ishga joylashganlarini va elimizga munosib farzand bo’lib yetishganlarini aytsak bo’ladi.
    Pedogog sifatida bugungi yoshlar va avvalgi avlod o’rtasida yaqqol ko’zga ko’rinadigan farq nimada?
    Bugungi kun va bizning davr o’rtasida yer bilan osmonchalik farq bor. Bugungi kun texnologiyalari haqida soatlab gapirsa bo’ladi. Bu bora yoshlarga havas bilan qarayman. Masalan siz kabi yoshlarning insonlar bilan hayajonsiz erkin intervyu tayyorlashlaringizni ko’rib ham hayratlanaman, ham xursand bo’laman. Nima bo’lganda ham kelajakda sohangizning yetuk mutahasisi bo’lib yetishishingizga tilakdoshmiz. Ishlaringizga omad.

Комментариев нет:

Отправить комментарий